Maktab direktorlari Singapur tajribasini o‘rgandilar
25 avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «EduCare» xalqaro konsalting kompaniyasi raisi janob Mayk Siruman umumta’lim maktablarining direktorlari, shuningdek, Toshkent shahridagi nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.
Janob Mayk Siruman Singapurda ta’lim sohasidagi yetakchilardan biridir. U ta’lim sohasida tadqiqot, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim loyihalarini va kasbiy malaka oshirishni rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega. U ta’lim sohasiga doimiy ravishda qo‘shayotgan hissasi uchun e’tirof etildi hamda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi «Ta’lim bo‘yicha Global tashabbus»ning Texnik maslahat guruhiga taklif etildi.
Mayk Siruman Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Janob Siruman «XXI asrdagi ta’lim. Singapur tajribasi» mavzusidagi taqdimoti davomida umumiy ta’lim maktablari tomonidan eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun Singapur ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida gapirib berdi. Singapur maktablarining muvaffaqiyatli tajribasi haqida gapirar ekan, janob Siruman sifatli ta’lim tizimini rivojlantirishda o‘qituvchilarning muhim rolini bir necha bor ta’kidladi. Singapur o‘qituvchi kasbining obro‘-e’tibori va maqomini oshirish, ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan malakali o‘qituvchilar, shuningdek, universitetlarning eng yaxshi bitiruvchilarini jalb qilish maqsadida katta resurs va mablag‘larni yo‘naltiradi.
Ko‘pgina xalqaro reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Singapurning maktab o‘quvchilari, ayniqsa, matematika, o‘qish va tabiiy fanlardan eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. Singapur iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlarini o‘z e’tiborini qaratib keladi.
Mayk Sirumanning tashrifi, ayniqsa, O‘zbekiston ta’lim tizimida muhim burilish davri bo‘lishi kutilayotgan yangi o‘quv yili arafasida amalga oshirilgani judayam muhimdir. Singapur tajribasi xatolardan qochib, ham o‘qituvchilarga, ham o‘quvchilarga rivojlantirish uchun XXI asrning samarali texnologiyalarga e’tiborni qaratadi.
Tadbir O‘zbekistondagi ta’limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter