Maksim Shatskix «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlandi
«Paxtakor» sport direktori vazifasida ishlab kelgan Maksim Shatskix bosh murabbiy etib tayinlandi.
U Toshkent klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Klubga jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli tajribali mutaxassis Ukraina milliy jamoasida ham ishlagan.
Shatskixga yordamchi sifatida Vyacheslav Belyayev ishlaydi. U Ukrainaning «Tavriya», «Metallist», Gruziyaning «Dinamo» (Tbilisi) va Rossiyaning «Rotor» klublarida faoliyat yuritgan.
Mahalliy mutaxassislardan Denis Ivankov (darvozabonlar murabbiyi), Kamoliddin Tojiyev (yordamchi) va Yuriy Siyanov (jismoniy tayyorgarlik) bosh murabbiyga yordam berishda davom etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter