Maksim Shatskix O‘zbekistonda ish boshladi
Afsonaviy o‘zbekistonlik futbolchi Maksim Shatskix uzoq yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan va yangi ish boshlagan.
Gap shundaki, Shatskix endi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi sport direktori sifatida ishlaydi. Klub va Shatskix o‘rtasida bitim imzolangan.
«U klubimizga akademiyadan asosiy tarkibgacha bo‘lgan yo‘lni iqtidorlarning tizim asosida bosib o‘tishiga yordamlashadi, yosh va yuqori salohiyatli futbolchilarni topishga intiladi. Bu borada u o‘ynagan «Dinamo» MDHda yetakchilardan biri sanaladi. Umid qilamizki, Shatskix klubimizning yangi darajaga ko‘tarilishi va ko‘plab sovrinlarga ega chiqishiga o‘zining katta hissasini qo‘shadi», deyiladi jamoa xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter