Makron Eronni Ukrainadagi mojaroda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Eronni Ukrainadagi mojaroda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda AFP agentligiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Makron Eron prezidenti Ibrohim Raisi bilan telefon suhbati chog‘ida Eronning Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib berishi insonparvarlik va xavfsizlik uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.
Avvalroq, Makron G‘arb Ukrainaga aniq va ishonchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi kerakligini ta’kidlagan edi. Uning qayd etishicha, bu masala yaqin haftalarda jamoaviy muhokamalar mavzusiga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter