Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makkeynning oilasi Trampni dafn marosimida ko‘rishni istamaydi

Makkeynning oilasi Trampni dafn marosimida ko‘rishni istamaydi

Foto: «ruskline.ru»

Kuni kecha vafot etgan Jon Makkeynning oilasi uning dafn marosimida AQSh prezidenti Donald Trampni ko‘rishni istamaydi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» sayti.

«CNN» telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Makkeyn o‘tgan yildan beri o‘zining dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan. Makkeynlar oilasi bu marosimda Trampni ko‘rishni istamaydi. Makkeynning o‘zi ham avvalroq Trampning dafn marosimiga kelishini istamasligini aytgan edi.

Dafn marosimida AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va kichik Jorj Bush qatnashadi. Ulardan marosimda nutq so‘zlashlari iltimos qilingan.

Avvalroq Tramp va Barak Obama Makkeynning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring