Makgregor yetti yilni panjara ortida o‘tkazishi mumkin

2023-yil noyabrida Dublinda tartibsizlik yuz bergan kechada UFC jangchisi Konor Makgregor X tarmog‘ida migrantlar borasida yozgan narsalar diqqat bilan o‘rganilmoqda.
Hukumat vakillari nazdida, uning da’vatlari irlandiyaliklarni zo‘ravonlikka undagan bo‘lishi mumkin. Agar voqea jiddiy tus olsa, Makgregor yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish uchun jiddiy kurashmoqchi ekanini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter