Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Makar» laqabli zo‘ravon va uning jinoiy to‘dasiga sud hukmi o‘qildi

«Makar» laqabli zo‘ravon va uning jinoiy to‘dasiga sud hukmi o‘qildi

Foto: DXX

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan huquq-tartibot idoralarini jalb qilgan holda Samarqand shahridagi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan 1978 yilda tug‘ilgan «Makar» laqabli J.M besh nafar fuqaroni atrofiga birlashtirib, jinoiy to‘da tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, ular 2021 yilning aprel oyida bir fuqaroni kaltaklab, tan jarohati yetkazib, raqamsiz «Malibu» avtomobilida majburan Cho‘pon ota tepaligida joylashgan hovliga olib borib, uch kun davomida qiynoqqa solib, mobil telefonga tasvirga olishadi va ushbu holatlar bo‘yicha shikoyat qilsa hamda qarzlarini talab qilsa videolarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarish bilan qo‘rqitishgan. Bunga nima sabab bo‘lgandi?

Ma’lum qilinishicha, 2021 fevral oyida jabrlanuvchi katta miqdordagi haqqini «Makar»dan talab qilganda, uni Bo‘zi mahalla fuqarolar yig‘inidagi umumiy ovqatlanish joylaridan biriga olib kirib, urib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib pullarini bermasligini aytgan. Jabrlanuvchi esa «Makar»ning giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishi va tarqatishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni huquq tartibot idoralari xodimlariga yetkazishini ma’lum qilganda, jinoiy guruhning paytavasiga qurt tushadi. Jabrlanuvchining ikkita telefon xotirasida giyohvandlik moddalari savdosi haqida ma’lumot bor degan gumonda ularni sindirib tashlaydi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Makar»ning jinoiy sherigining «Spark» avtomobilida 0.8 gramm opiy giyohvandlik moddasi va yana bir sellofan paket bo‘lagida qoramtir jigar rangli o‘tkir hidli giyohvandlik moddasi qoldiqlari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Bundan tashqari, u noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish orqali hujjatlarni soxtalashtirib, qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan.

Holat bo‘yicha Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan «Makar» va uning jinoiy sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Sudlanuvchi J.M Jinoyat kodeksining bir nechta moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning besh nafar jinoiy sheriklari esa 5 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring