Majit Karimov: «Test vaqtida mobil aloqa xizmatlari uzilmaydi»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majit Karimov joriy yilda test imtihonlari o‘tkazish jarayoniga tatbiq etilayotgan yangiliklar haqida «Gazeta.uz»ga intervyu berdi.
«Joriy yilda O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda mobil aloqa xizmatlari to‘xtatilmaydi. Bunga ehtiyoj yo‘q» — degan Davlat test markazi direktori.
O‘tgan yillarda test sinovlari o‘tkaziladigan kuni, ya’ni 1-avgustda barcha mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirib qo‘yardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter