Maishiy texnikalarning narxi nega oshdi?
O‘zbekiston Markaziy banki xabariga ko‘ra, iyul oyida dazmollar 3,1 foiz, elektr choynaklar 2,4 foiz, changyutkichlar 1,1 foizga qimmatlashgan.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 1-iyulidan boshlab yangi tartibning joriy etilishi maishiy texnika narxlari o‘sishiga ta’sir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining «Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, shu yilning 1-iyulidan boshlab qo‘shni davlatlardan bojxona orqali olib kelinayotgan tovarlarning miqdori chegaralangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter