Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib qolgan» — Davlat rahbari kamchiliklarni sanadi

«Pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib qolgan» — Davlat rahbari kamchiliklarni sanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari sohadagi ba’zi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band bo‘lishiga ko‘maklashish eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

Prezident bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish hisobiga doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring