«Senimi shoshmay tur!» shiori: Qatar o‘ziga cheklov qo‘ygan davlatlarga javob qaytarmoqda
Qatardagi barcha savdo do‘konlari xodimlariga Qatarni «boykot» qilgan davlatlarning mahsulotlarini rastalardan olib tashlash topshirig‘i berildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Qatar Iqtisod va savdo vazirligi Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misrdan keltirilgan barcha mahsulotlarni rastalardan olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi. Vazirlik ushbu topshiriq ijrosini nazorat qilish bo‘yicha savdo do‘konlariga mufattishlar yuborgan.
Qatarga Saudiya Arabistonining sut mahsulotlari uchinchi qo‘l orqali kirilishi ham taqiqlandi. Bundan maqsad iste’molchilarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat ekan.
2017-yil 5-iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorchi guruhlarni moliyalashda ayblab, u rasmiy Doha bilan diplomatik aloqalarini uzgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter