Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalliy dasturchilar uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Buning uchun «Kovorking» markazlari tashkil etiladi

Mahalliy dasturchilar uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Buning uchun «Kovorking» markazlari tashkil etiladi

Foto: «Nuz.uz»

Muhokamaga qo‘yilgan «Hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2018-2020-yillarda hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.

Dasturda «O‘zbektelekom» AK zimmasiga:

  • Joriy yilning uchinchi choragiga qadar Xalqaro paketli kommutatsiya markazini 1000 Gbit/soniyagacha kengaytirish;
  • IPTV platformasini rivojlantirish;
  • Toshkent shaharida optik tolali aloqa kabeli va boshqa turdagi kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodini qurish;
  • 2018-2019-yillarda zamonaviy qurilmalarni o‘rnatish hisobiga magistral telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10 baravarga oshirish;
  • Ma’lumotlar almashuvini yagona markazini yaratish vazifalari topshirilgan.

Hududlarda mobil aloqa tarmog‘ining qamrovini kengaytirish maqsadida 2018-yil davomida mobil aloqa tarmog‘i operatorlari tomonidan jami 4000 ta baza stansiyalarini o‘rnatiladi.

Axborot texnologiyalari sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida joylarda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va mahalliy dasturchilar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «Kovorking» (hamkorlikda ishlash) markazlarini tashkil etish; hududlarda «Xavfsiz shahar», «Xavfsiz turizm»  loyihalarini amalga oshirish; va boshqa bir qator vazifalar belgilangan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etgan hududlarni rag‘batlantirish maqsadida «Axborot texnologiyalari sohasida eng yaxshi hudud» tanlovi tashkil etilishi va o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qaror loyihasi muhokamasi 2018-yilning 3-martiga qadar davom etadi. Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring