Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalladoshini tunagan o‘g‘rining yana bir ayanchli qilmishi oshkor bo‘ldi

Mahalladoshini tunagan o‘g‘rining yana bir ayanchli qilmishi oshkor bo‘ldi

23-fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi Sh.E.ning turar joyida o‘g‘rilik yuz berdi. Uyda hech kim yo‘qligi, xonadon derazasi ochiqligidan foydalangan o‘g‘ri yotoqxonadagi seyfning qulfini buzib, 8 million so‘m pulni olib ketgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat jabrlanuvchining mahalladoshi M.B. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Undan 351 ming so‘m hujjatlashtirib olingan.

Tergovga qadar surishtiruv davomida ayblanuvchining yana bir jinoyati fosh qilindi. Ayon bo‘lishicha, u 2001-yilning 1-oktyabrida hududdagi turar joylardan birining yotoqxonasiga kirib, pichoq bilan qo‘rqitish yo‘li bilan maktab o‘quvchisini zo‘rlagan. So‘ngra birovga aytsa, o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Ushbu manfur kimsa jinoyatini yashirish maqsadida qizning kiyim-kechagini o‘z yashash joyidagi hojatxonaga tashlab yuborgan. Mazkur holat bo‘yicha ham jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring