Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MAGATE Chernobil AES bosib olinganidan qattiq tashvishda

MAGATE Chernobil AES bosib olinganidan qattiq tashvishda

Chernobil AES.

Foto: «UNIAN»

Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) Ukrainadagi voqealarni jiddiy xavotir bilan kuzatayotganini ma’lum qildi.

Tashkilot Ukrainadagi yadroviy ob’yektlarni xavf ostiga qo‘yuvchi xatti-harakatlardan maksimal darajada tiyilishga chaqirdi.

«Bosh direktor MAGATEga a’zo mamlakatlar 2009-yilda Bosh anjumanda qabul qilgan qarorga ko‘ra, “tinchlik maqsadlaridagi yadroviy ob’yektlarga hujum qilish va ularga xatar tug‘dirish BMT nizomlarini, xalqaro huquqni va Agentlikning nizomini buzish hisoblanishini” ta’kidlaydi», — deyiladi agentlik xabarida.

«UNIAN» xabar berishicha, 24-fevral kuni Belarus hududidan Chernobil AES zonasiga Rossiya hujum uyushtirgan. Xavfli radioaktiv chiqindilar omborini qo‘riqlayotgan ukrain milliy gvardiyachilari bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Yadroviy chiqindilar ombori buzilishi xavfi paydo bo‘lgan. Ushbu omborga shikast yetgan taqdirda radioaktiv chang Ukraina, Belarus va YeI mamlakatlari hududiga tarqalishi mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring