Madrimovning jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
Londonda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakillari — Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o‘rtasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi o‘tkazildi.
Jangning birinchi va ikkinchi raundlari Isroil Madrimovning ustunligida o‘tdi. Ayniqsa, ikkinchi raundda uning zarbalari Mishel Sorroni qiyin ahvolga tushirdi.
Biroq, 3-raund boshlanishida bokschilarning boshi to‘qnashib ketishi natijasida Sorro jiddiy jarohat oldi.
Jang to‘xtatildi va natijasi esa durang deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter