Madrimov va Soro o‘rtasida revansh jangi bo‘ladi
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakillari Isroil Madrimov (8-0, 6KO) va Mishel Soro (35-3-1, 24 KO) o‘rtasida chempionlik kamariga majburiy da’vogar maqomi uchun revansh jangi o‘tkazishga topshiriq berdi.
Tomonlarga jang bo‘yicha muzokaralarni yakunlash uchun 30 kun muddat belgilangan bo‘lib, kelishuvga erishmagan taqdirda ochiq promouterlik savdosi bo‘lib o‘tadi.
2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bu ikki bokschilarning o‘zaro jangi natijasi saqlanib qolinadi. O‘shanda Madrimovning ustunligida o‘tgan jangning 9-raundi oxirlarida o‘zbek bokschisi Mishel Soroga kuchli zarba yo‘lladi. Raqibi muvozanatini yo‘qotganini sezgan hamyurtimiz zarbalar yomg‘irini amalga oshirdi. Muxlislar shovqini ostida hakam raund yakunlanganini bildiruvchi bongni eshitmay qoldi va bokschimiz jangni oxiriga yetkazib qo‘ydi. Mishel Soro texnik nokautga uchradi.
Bu holatdan norozi bo‘lgan Soro jamoasi tashkilotga revash berilishini so‘rab murojaat qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter