Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi

Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

«Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–114-son, 27.07.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

  • Madaniyat va turizm vazirligi negizida Madaniyat vazirligi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi tizimida quyidagi yangi muassasalar tashkil qilinadi:

  • «O‘zbekteatr» davlat muassasasi;
  • «Madaniyat ta’limi markazi» davlat muassasasi.

Madaniyat va san’at sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Madaniyat va san’at sohasida ta’limni tizimli isloh qilish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi, jumladan:

  • milliy musiqa san’ati klasteri yaratiladi;
  • davlat musiqali, drama hamda qo‘g‘irchoq teatrlarida yagona repertuar strategiyasi asosida «ustoz-shogird» an’analari va mahorat maktablari asosida ta’lim berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 sentyabrdan:

  • bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;
  • musiqa cholg‘uchiligi va ashula ijrochiligi bo‘yicha pullik maxsus kurslarda o‘qitish tizimi joriy etiladi.

2024–2026 yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, quyidagilar ishlab chiqiladi:

  • madaniyat markazlari va ko‘zi ojizlar uchun adabiyotlarni buyurtma asosida yetkazishga mo‘ljallangan axborot tizimlari, aholiga audiovizual asarlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan maxsus video platforma;
  • yoshlarga milliy musiqa cholg‘ulari to‘g‘risida dastlabki ta’limni berishga mo‘ljallangan «Cholg‘u.uz» mobil ilovasi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring