Madaniyat vazirligi buzilgan bino bo‘yicha Samarqand hokimligidan tushuntirish talab qilmoqda
Samarqand shahar, Amir Temur ko‘chasi, 14-uyning buzilishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinmoqda. Voqelik bo‘yicha Madaniyat vazirligi jim turmadi. Aksincha, vazirlik bu borada Samarqand hokimligidan tushuntirib talab qilmoqda. «Madaniyat vazirligi Samarqand shahar hokimiyatidan Amir Temur ko‘chasi, 14-uy buzilishi bo‘yicha tushuntirish berishlarini talab qiladi», deya bayonot berdi.
Vazirlikka «...Madaniy meros departamenti ekspertlari tomonidan ushbu ob’yekt 2010-yilda madaniy meros ob’yekti ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa ham u tarixiy qurilish inshootining bir qismi hisoblanishini» ta’kidlar ekan, «Nega Madaniyat vazirligi Amir Temur ko‘chasi, 14-uy ob’yektining buzilishi, shuningdek u yerdagi buzilishlar haqidagi sud qaroridan xabardor qilinmadi?» deya ko‘ndalang savol qo‘yadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga 1990-2000-yillarda tarixiy ob’yektlarni qaysi sabablarga binoan ro‘yxatdan chiqarilganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi masalasi bo‘yicha murojaat qilganini ham bildiradi. Mmurojaatda quyidga savollarga aniqlik kiritilishi so‘raladi:
1. Ob’yektlar nega ro‘yxatdan chiqarildi?
2. Ushbu xulosalar kim tomonidan qabul qilingan?
3. Xulosalar madaniyat vazirligi va viloyat hokimiyatining qaysi rahbari tomonidan tasdiqlangan?
4. Ro‘yxatdan chiqarilgan boshqa ob’yektlarning taqdiri nima bo‘lgan?
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Madaniy meros departamentining barcha viloyatdagi inspeksiyalar faoliyati, shu jumladan, Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasining faoliyati ham o‘rganilib, madaniy meros saqlanilishiga nisbatan bir qancha qonunbuzarliklar aniqlandi. Madaniyat vazirligi ushbu qonunbuzarliklar uchun barcha aybdorlar va Samarqand viloyati madaniy meros bo‘limidagi aloqador shaxslarning mazkur noqonuniy hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik chora-tadbirlari qo‘llanishini bildiradi. Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi rahbari bino buzib bo‘lingach, Departamentga xabar bergan.
Madaniyat vazirligi ta’kidlaydiki, agar tarixiy ob’yektning buzilishi Samarqand shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan hamda Madaniyat vazirligi bu jarayonni tasdiqlamagan bo‘lsa, u holda buzilishga oid mas’uliyatni shahar hokimligi o‘z zimmasiga olishi va bunga aloqador shaxslar amalga oshirgan noqonuniy hatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanishi shart.
Vazirlikka ko‘ra, Samarqand viloyati Madaniy meros bo‘limini boshqarish ekspert kengashining barcha qarorlari bekor qilinadi. Sabab, Samarqand viloyati Madaniy meros bo‘limini boshqarish ekspert kengashining tarkibi haqidagi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan va shu tufayli ular Madaniy meros departamenti, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlanmagan; Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy-tadqiqot kengashida mutaxassislardan birining majburiy ishtirok etishi talablari bajarilmagan.
Bundan tashqari vazirlik Samarqand viloyati hokimiyati va Samarqand shahar hokimligidan YuNESKO hududlariga qo‘yilgan barcha talab me’yorlariga qat’iy amal qilinishini talab qiladi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil oktyabr oyida tasdiqlangan madaniy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kirgan madaniy meros ob’yektlarini saqlab qolishni o‘rganibgina qolmay tarixiy-madaniy ahamiyatga ega, ammo ro‘yxatga kirmagan ob’yektlarni ham asrash masalasini o‘rganib chiqilayotganini ham bildirib o‘tilgan vazirlik munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter