Madaniy meros ob’yektlariga kadastr hujjatlari joriy qilindi
![Madaniy meros ob’yektlariga kadastr hujjatlari joriy qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1853218523.jpg)
O‘zbekistondagi madaniy meros ob’yektlariga kadastr hujjatlari joriy qilinmoqda. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qilib o‘tdi.
— Shu vaqtga qadar madaniy meros ob’yektlarining kadastr hujjatlari bo‘lmagani sababli muammolar yuzaga kelar edi. Ayniqsa viloyatlarda hokimlar binoni xohlagan odamga topshirishi mumkin edi. Eng yomoni, tarixiy binolarga taqab, yonginasidan imorat qurish uchun ruxsat berilavergan.
Endi mana shunday muammolarning oldini olish imkoniyati paydo bo‘ldi, — deydi vazir.
Vazirlikdan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda qurilish kodeksi mavjud va unga ko‘ra tarixiy binolar bilan oraliqda muhofaza hududi bo‘lishi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter