Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Napoleonning sevgi maktublari 500 ming yevroga sotildi (foto)

Napoleonning sevgi maktublari 500 ming yevroga sotildi (foto)

Foto: «360tv.ru»

Aytishlaricha muhabbatni na sotib va na sotib olib bo‘ladi. Ammo aytish mumkinki, «Drouot» auksion uyi buning teskarisini isbotladi — bolg‘a zarbi ortidan Napoleonning rafiqasi Jozefinaga yozgan uchta sevgi maktubi umumiy hisobda 500 ming yevrodan oshiqqa sotildi.

Xaridor kimligi noma’lum qolmoqda. Drouot tomonidan xabar qilinishicha, xarid shartnomasi «Muhabbat mavjud», degan so‘zlar bilan boshlanadi. 


Maktublarga turli narxlar belgilangan. Eng qimmat va arzon xat o‘rtasidagi narx 98 ming yevrodan iborat. Umumiy narx esa 513 500 yevro bo‘lgan.

Napoleon bo‘lajak rafiqasini 1795 yilda uchratgan edi. Sevishganlarning ilk uchrashuvi Jozefinaning dugonasi Tereza Talenning salonida ro‘y bergan. Bonapart Jozefinadan olti yosh kichik edi va o‘sha vaqtdayoq artileriya generali bo‘lgan.

Ular kelasi yili turmush qurishgan. Napoleon rafiqasining birinchi nikohidan bo‘lgan ikki bolasini o‘z farzandligiga olgan. To‘y kuni esa Jozefinaga «Bu muhabbat», deb yozilgan medalon sovg‘a qildi.

Napoleon safarlar vaqtida hissiyotlarga boy xatlar yozishni yoqtirardi va hatto rafiqasining xiyonatlarini ham kechirgan. Jozefina esa aksincha, ancha sovuqqon ayol bo‘lgan. U muhabbatga ishonmas va nikoh faqat hisob-kitob asosida bo‘lishi kerak, degan fikrda sobit turgan.

Kim biladi deysiz, balki u haq bo‘lgandir. Har holda ularning muhabbati timsoliga narx belgilandi-ku...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring