Lukashenko o‘ziga Madlen Olbrayt qo‘ygan laqab tarixiga to‘xtaldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida o‘ziga Madlen Olbrayt qo‘ygan laqabga ham to‘xtaldi.
«Yevropaning so‘nggi diktatori» — mana qanday laqab qo‘ygan menga AQShning o‘sha davrdagi davlat kotibi Madlen Olbrayt. Aftidan men G‘arb demokratiyasi qoliplariga sig‘maganim uchun bo‘lsa kerak. Lukashenko siyosati oqilona qadagan urug‘lar mevasi — Belarusda hukm surayotgan tartib, barqarorlik neligini ular endi-endi anglab yetishmoqda», — dedi Lukashenko.
Belarus rahbari ikkinchi, o‘ziga yoqadigan laqabiga («Batka») ham izoh berib o‘tdi:
«U 20 yillar avval o‘zimga ham yoqib qolgan. Endi esa... qaysidir ma’noda Belarusning, Lukashenkoning brendiga aylangandek».
Eslatib o‘tamiz, 9 avgust — yakshanba kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter