Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko oltinchi marta prezident bo‘lmoqchi

Lukashenko oltinchi marta prezident bo‘lmoqchi

Foto: TASS

Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda oltinchi marotaba qatnashish niyatini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«O‘zimning va mamlakatning hozirgi holati, menga nisbatan munosabatdan kelib chiqib, o‘z nomzodimni prezidentlikka ko‘rsatmasligim mumkin emas», — dedi Belarus rahbari.

Lukashenko «hammasi qonun bo‘yicha bo‘lishiga» va’da berdi.

Uning fikricha, mamlakat yangi konstitutsiyasini qabul qilishi zarur.


Mavzuga oid: Buteflika beshinchi marta prezident bo‘lmoqchi


«Yangi konstitutsiyani qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi, nazarimda. Hukumatning boshqa ustunlari — qonunchilik va ijroiya hokimiyatini kuchaytirishimiz shart», — ta’kidladi Lukashenko.

Aleksandr Lukashenko 1994-yilning iyulidan beri Belarusni boshqarmoqda. Uning hozirgi beshinchi prezidentlik muddati 2020-yilda nihoyasiga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring