Putin Lukashenkoga yordam berishi mumkin

Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotda bo‘ldi va Rossiya tomoni birinchi so‘rovdanoq yordamga kelishga tayyor ekanini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Belarusda norozilik namoyishlari avjiga chiqmoqda.
Lukashenko va Putin telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Suhbat mazmuniga ko‘ra, Lukashenko Rossiyadan «xavfsizlik masalalarida» yordam so‘ragan.
«Putin barcha masaladan bu qadar xabardor ekani meni hatto biroz hayratga soldi», — deydi Lukashenko.
Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgandan so‘ng, 9 avgustdan aholi norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Natijada militsiyaning maxsus kuchlari va tinch aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, shovqin ko‘taruvchi granata va tutun chiqaruvchi moslamalar ishlatildi.
Eslatib o‘tamiz, saylov natijasiga ko‘ra Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 10,1 foiz ovoz olgani ma’lum qilindi. Ammo Tixanovskaya bu natijani tan olmasligini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter