Lukashenko mansabdor shaxslarga «nolish»ni taqiqladi
Belarus mansabdorlari va hukumatiga sanksiyalar haqida shikoyat qilish taqiqlangan. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deya xabar berdi BelTA.
«Men oddiy mantiqdan shunday qarorga keldim: agar rahbarga, amaldorga yoki korxona direktoriga tirishqoqlik va mehnatdan qochish imkoniyati berilsa, u bundan foydalanadi. Shuning uchun darhol aytdim: «Hech qanday sanksiya yo‘q. Uni unuting, siz uchun hech qanday sanksiya yo‘q», dedi u.
Belarus rahbari mamlakat aholisi uchun sanksiyalar mavjudmi yoki yo‘q, buning farqi bo‘lmasligini, mamlakat rahbariyatining vazifasi esa — ularning yashashi, ishlashi va oilasini boqishiga zamin yaratish ekanini ta’kidlagan.
Kuni kecha, 1 aprel kuni Aleksandr Lukashenko it va mushuklarning oziq-ovqat do‘konlariga borishini taqiqlagandi. Bunday standartlar u imzolagan «Hayvonlarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish to‘g‘risida» gi qonunda o‘z aksini topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter