Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko konstitutsiyani o‘zgartirishni taklif qildi

Lukashenko konstitutsiyani o‘zgartirishni taklif qildi

Foto: «Deutsche Welle»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z saylovoldi dasturiga yaqin besh yilda mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazishni kiritdi, deyiladi TASS xabarida.

«Belarusimiz o‘zgarishi davomida biz ham o‘zgardik. Mamlakat taqdiriga mas’uliyatni belaruslar o‘z gardaniga olishi ayon va bu mas’uliyat darajasini xalqning o‘zi belgilaydi. Biroq qonun bo‘yicha. Ko‘cha va maydonlarda emas, huquqiy munosabatlar orqali. Konstitutsiyadan boshlaymiz», — deyiladi Lukashenkoning dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Muddatidan avval ovoz berish seshanbadan boshlanib, 8 avgustgacha davom etadi.

Amaldagi davlat rahbaridan tashqari, Belarusdagi eng yuqori lavozim uchun kurashda «Haqiqatni so‘zla» jamoatchilik harakati hamrahbari Andrey Dmitriyev, mamlakat parlamenti quyi palatasi sobiq deputati Anna Kanopatskaya, «Belorusskaya sotsial-demokraticheskaya Gramada» partiyasi raisi Sergey Cherechen hamda Svetlana Tixanovskayalar qatnashmoqda.

Belgazprombank boshqaruvi sobiq raisi (ayni paytda hibsda) Viktor Babariko va Yuqori texnologiyalar parki rahbari Valeriy Sepkalo nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Umuman, bu safargi saylovlar Belarusda ancha qaynoq o‘tishi kutilmoqda. Mamlakat jiddiy sinovlar arafasida. Kuzatishda davom etamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring