Lukashenko keldi
Bir muddat oldin Belorusning rasmiy nashrlaridan biri prezident Aleksandr Lukashenkoning Boeing 767 samolyotida Orsha yaqinidagi Bolbasovo aerodromidan Samarqandga uchib ketgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Lukashenko Samarqandga yetib keldi.
Belarus davlati rahbari 16-sentyabr kuni ShHTga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibidagi yig‘ilishda nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Aleksandr Lukashenko Belarusning ShHT formatidagi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan mamlakatning ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilish uchun ilgari berilgan arizasini hisobga olgan holda (hozirda Belarus kuzatuvchi maqomiga ega) gapiradi.
Ma’lumot uchun, Belarus iyun oyida ShHTga to‘liq a’zo bo‘lib kirish masalasida rasman murojaat qilgan.
Mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lishi masalasi ShHT davlatlari milliy koordinatorlarining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi kun tartibidan joy olgan.
«Belarusni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish uchun konsensus bo‘lishiga yaxshi imkoniyatlar mavjud, deyish mumkin. Bu esa Samarqand sammitida ushbu davlatni ShHTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish protsedurasini boshlash to‘g‘risidagi davlat rahbarlari qarorini qabul qilinishi mumkin, degani. Biroq, qaror ushbu mamlakatning darhol ShHTga a’zo bo‘lishini anglatmaydi», – degan edi O‘zbekistonning ShHT bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov ushbu masalaga to‘xtalib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter