Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko G‘arb tahdidlariga yadro quroli bilan javob qaytarmoqchi

Lukashenko G‘arb tahdidlariga yadro quroli bilan javob qaytarmoqchi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus samolyotlarini yadro qurolini olib yurishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda РИА Новости xabar qildi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalistlarga G‘arb tahdidlariga munosib javob berishga tayyorligini aytdi.

«Biz bir marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sankt-Peterburgda Belarusiyaning Su-24 samolyotlarini ham yadroviy qurolni olib yurishga tayyorlaymiz, deb aytgan edik. Sizningcha, biz nima haqida gapiryapmiz? Hammasi tayyor!», deydi Belarus prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, Lukashenko Putin bilan uchrashuvda G‘arb agressiyasiga qarshi javobini ko‘rib chiqish kerakligini aytgan va Rossiya Federatsiyasidan samolyotlarni yadro kallaklarini olib yurishi uchun modernizatsiya qilishga yordam berishni so‘ragan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring