Lukashenko Belarus hech qaysi davlat tarkibiga qo‘shilmasligini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars davomida mamlakat uning hukmronligi davrida bironta davlat tarkibiga qo‘shilmasligini aytdi.
Bu haqda Belta agentligi xabar berdi.
Shuningdek, Lukashenkoning aytishicha, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin hech qachon respublikaga Rossiya tarkibiga kirishni taklif qilmagan.
«Putin menga hech qachon Rossiyaga qo‘shiling, demagan», — dedi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin G‘arbning Rossiya va Belarusga bosimi bu ikki davlatni «birlashish jarayonlarini tezlashtirishiga» majbur qilishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter