Luka Modrich – «Oltin to‘p»-2018 sohibi
«Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Luka Modrich «Oltin to‘p»-2018 sovrinini qo‘lga kiritdi.
Xorvatiyalik futbolchi ushbu sovrin uchun kurashda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Atletiko» forvardi Antuan Grizmanni ortda qoldirdi.
O‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi «Real» safida ketma-ket uchinchi marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, JCh-2018 musobaqasida jamoasi bilan finalga qadar yetib bordi va o‘sha turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Modrich avgust oxirida UYeFA tomonidan 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Keyinchalik unga sentyabrda FIFA tomonidan «The Best» sovrini topshirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter