Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

«Love Story»ga minglab dollar sarflashga tayyormiz, ammo bolalarning ilm olishiga...

«Love Story»ga minglab dollar sarflashga tayyormiz, ammo bolalarning ilm olishiga...

Ilm-fan rivoji uchun o‘z ixtiyori bilan mablag‘ ajratadigan va moddiy qo‘llab-quvvatlaydigan saxovatpesha insonlar metsenat deb ataladi.

Metsenatlik g‘arbda keng tarqalgan, masalan, tez-tez falonchi millarder qanchadir millionlarini ilmiy grantlar uchun sarflagani haqida o‘qib qolamiz.

Lekin ming afsuski metsenatlik odati bizda yetarli shakllanmagan.

To‘yda eng nozik tuyg‘ularini hammaga ko‘z-ko‘z qilish uchun «Love Story» tayyorlashga 2-3 ming dollar sarflashga tayyor, lekin ilm uchun 2-3 ming so‘m berishni o‘ziga ep ko‘rishmaydi.

Mashinasi yoki telefoniga chiroyli raqam olish uchun 100 mln sarflashga tayyor, lekin farzandlarining kelajagi uchun 100 ming so‘m berishga xasislik qilishadi.

Ammo bilingki, eng foydali investitsiya, bu – bolalarni o‘qitish uchun sarflangan mablag‘lar!

Endi masalaga ko‘chsam.

Yaqinda «Khan Academy» elektron platformasini o‘zbekchalashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilingan edi.

Xan Akademiyasi 2008 yil AQShda tashkil qilingan bepul onlayn o‘quv platformasi bo‘lib, bugungi kunda 31 tilda faoliyat yuritadi: https://www.khanacademy.org/

So‘nggi olti oydan buyon uni o‘zbek tiliga ham tarjima qilish ishlari boshlandi. Buning uchun «Bilim onlayn» nodavlat-notijorat ta’lim tashkiloti tuzildi. Bu tashkilot o‘z nomi bilan NOtijoriy tashkilot sanaladi. Ya’ni foyda olishni ko‘zlamagan. Qo‘yilgan maqsadga to‘kis yetishish uchun homiylik, xayriya mablag‘lariga muhtoj.

Bu loyihani ishga tushirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 50 ming AQSh dollari miqdorida grant ajratgan. Ammo sharti bor: tashkilot bu grantni olishi uchun belgilangan muddatda yana shuncha miqdorda, ya’ni $50 ming xalqdan xayriya yordamida pul to‘plashi kerak. Boshqacha aytganda, shu loyiha xalqning o‘ziga kerakligini isbotlashi va «bu foydali loyiha», deya pul ajratishi kerak, shundagina xalqaro tashkilot o‘z grantini ajratadi.

Muddat 4 may kuni tugaydi.

Tashkilotchilarning aytishicha, 5 oy davomida atigi 9800 dollar yig‘ilibdi, xolos. Balki bunga targ‘ibot yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani hamda tashkilotni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ko‘p vaqt sarflangani sababdir. 4 mayga qadar belgilangan miqdorda xayriya mablag‘i to‘planmasa, bank grantni bermaydi.

Menimcha, muddat qisqa bo‘lsa ham, lekin ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashni istagan insonlar ko‘magi bilan bemalol uddalay olamiz.

Ishoning, mazkur loyiha yoshlarimizning bilim olishlari uchun juda foydali. Bolalarga bilim berishni faqat davlat o‘z zimmasiga yuklab qo‘yish noto‘g‘ri, xalqning o‘zi ham mana shunaqa fidoyilik orqali alternativ variantlar yarata oladi. Bu ish bizning qo‘limizdan keladi!

Click va Payme orqali yordam berish mumkin.

Click

Payme

Visa, Paypal orqali ham pul o‘tkazishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi havolaga o‘ting: http://bit.ly/xa_gofundme 

Bank orqali so‘mda pul o‘tkazish uchun:

H/r: 20212000400980475001

STIR: 207290667

Tashkilot nomi: «Bilim Onlayn» NNT

Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.

Qabul qiluvchi bank: «Aloqabank» ATB

MFO: 00401

STIR: 200829053

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy

AQSh dollarida pul o‘tkazish uchun:

H/r: 20212840900980475001

Tashkilot nomi: «Bilim Onlayn» NNT

Manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-b-uy.

Qabul qiluvchi bank: «Aloqabank» ATB

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy

SWIFT: SCLUZ22

Telegramdagi rasmiy kanal: @xanakademiyasi

(Aloqa uchun: @xanakademiyasi_admin)

E-mail: [email protected]

Bog‘lanish uchun telefon: 998971309050

Qo‘shimcha ma’lumot olmoqchi bo‘lganlar bu yerga yozishlari mumkin: 

https://www.facebook.com/KhanAcademyUzbek/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring