Loran Koselni futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi
Fransiya terma jamoasi bilan 2016-yili Yevropa chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritgan Loran Koselni 36 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Koselni joriy mavsumda «Bordo» (Fransiya) sharafini himoya qilayotgandi.
Loran Koselni 2021-yilning dekabr oyida «Bordo» birinchi jamoasi o‘yinlaridan chetlatilgan edi. Yanvar oyida qaytdi, bir nechta o‘yin o‘tkazdi, biroq asosiy tarkibda maydonga tushirilmay qo‘ydi.
«Futbol o‘ynashni to‘xtatishga qaror qildim, ammo jamoaga boshqa yo‘nalishda yordam berishni istayman», — Koselnidan iqtibos keltirdi «Sport-Ekspress».
Loran Koselni «Arsenal» (London)dagi o‘yinlari bilan tanilgan, uch marotaba Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Yetti yil davomida Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. Shuningdek, Fransiyaning «Loryan» va «Bordo» jamoalarida to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter