Londonning 3 ta jamoasi yarim finalga chiqdi
Angliya liga kubogining yarim final o‘yinlariga Londonning 3 ta jamoasi yo‘l oldi: «Tottenxem», «Chelsi» va «Arsenal».
Chorak final o‘yinlarida «Liverpul» va «Lester» o‘rtasidagi bahs eng qizg‘in tus oldi. Asosiy vaqtda hisob 3:3 bo‘ldi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotereyada esa mersisaydliklarning qo‘li baland keldi: 5:4.
Angliya liga kubogi, chorak final
- Liverpul - Lester - 3:3 (pen. 5:4)
- Tottenxem - Vest Xem - 2:1
- Brentford - Chelsi - 0:2
- Arsenal - Sanderlend - 5:1
Yarim final
- Arsenal - Liverpul
- Chelsi - Tottenxem
Yarim finalning birinchi o‘yinlari 3 yanvar, javob o‘yinlari esa 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter