Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lokomotiv» birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan uch goli evaziga mag‘lub bo‘ldi

«Lokomotiv» birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborgan uch goli evaziga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Klub rasmiy sayti

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan Qatarning «Ad-Duhayl» va Toshkentning «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi 3-tur bahsi yakuniga yetdi. Unda qatarliklar g‘alabaga erishdi.

Qatarliklarning g‘alabasini o‘yinning dastlabki 30 daqiqasida urilgan uchta gol ta’minladi. Yusuf al-Arabiy va Yusuf Msakni urgan gollarga «Lokomotiv» ikkinchi bo‘limga kelibgina qisman javob qaytara olishdi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan braziliyalik Nivaldo Aliboyevning aniq uzatmasidan so‘ng gol urgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib, Bikmayev jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, «Lokomotiv» bir qator xavfli hujumlar tashkil etgan bo‘lishiga qaramay, boshqa gol ura olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.

Guruhda «Ad-Duhayl» 9 ochko jamg‘argan holda guruh peshqadami bo‘lib oldi. Jamoalar bir haftadan keyin Toshkentda to‘qnash kelishadi.

OChL, «V» guruhi, 3-tur.
«Ad-Duhayl« - «Lokovotiv» 3:2
Gollar: Yusuf al-Arabiy (9, 19), Yusuf Msakni (25) — Nivaldo (57), Marat Bikmayev (59)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring