Liviya sohillarida 100 nafar muhojir suvga cho‘kib ketdi
Liviya sohillarida muhojirlar o‘tirgan 2 ta rezinali qo‘lbola qayiqning botishi oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» nashri.
Bu xabarni Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti ham tasdiqlagan.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, muhojirlar shu yil 1 sentyabr kuni rezinali qo‘lbola qayiqda yo‘lga chiqishgan. Qayiqning botishi oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan. 276 kishi qutqarib qolingan.
Qutqarilgan kishilar Trablusdagi Hums portiga olib kelingan. Ular orasida yosh bolalar, homilador ayollar ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil O‘rta Yer dengizida 1500 dan ortiq muhojir halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter