Livanda tanker portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi
Livan shimoli-g‘arbida tanker portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqida Livan Qizil xoch jamiyati xabar berdi.
«Bizning odamlar Akkar hududidagi tankerida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 20 nafar jasadni va 7 kishidan ortiq tan jarohati olganlarni tuman shifoxonalariga yetkazishdi», — deyiladi tashkilotning Tvitterdagi xabarida.
Al-Arabiya telekanaliga ko‘ra, hodisa sabab 100 nafarga yaqin kishi jabrlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 4-avgustda Livanda juda katta falokat yuz bergandi. O‘shanda mamlakat poytaxtida katta portlash sodir bo‘lib, yuzlab odamlar o‘lgan, shaharning uchdan biri vayronaga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter