Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livan davlati va Markaziy banki bankrot deb e’lon qilindi

Livan davlati va Markaziy banki bankrot deb e’lon qilindi

Livan bosh vaziri o‘rinbosari Saad al-Shamniy «Al-Jadid» telekanalida Livan davlati va mamlakat Markaziy banki ham bankrot bo‘lganini e’lon qildi.

Amaldorga ko‘ra, endi davlat o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olmayotir. 

«Bu inqiroz allaqachon sodir bo‘lgan. Biz moliyaviy institutlar o‘rtasida zararni qanday bo‘lishish va fuqarolarga yetkazilgan zararni qanday kamaytirish haqida o‘ylashimiz kerak», — dedi u.

Livan 2019-yildan beri uzoq iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Livan funti o‘z qiymatining 90 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi, aholining 80 foizi qashshoqlik chegarasidan past darajada yashamoqda. Ayniqsa Bayrut portidagi portlash mamlakat iqtisodiga katta zarar yetkazdi.

Ushbu portlash oqibatida yuzlab kishilar halok bo‘lgan va shaharning yarmi vayronaga aylangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring