Ledi Gaga Madonnaning rekordini yangilab, Ginness kitobiga kirdi

Ledi Gaga 3-may kuni Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida o‘tkazgan konsert Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. U ayollar orasida konsertiga eng ko‘p odam to‘plagan qo‘shiqchiga aylandi, deyiladi Ginnessning rekordlar kitobi rasmiy saytida.
Uning bepul shousini tomosha qilish uchun qariyb 2,5 million kishi keldi va Madonna 2024-yil 4-mayida xuddi shu yerda o‘rnatgan rekord yangilandi.
Bu Ledi Gaga Braziliyada so‘nggi 13 yilda bergan ilk konsert bo‘ldi.
Ammo mutlaq rekord 30 yildan buyon yangilangan emas: Rod Styuartning 1994-yilgi yangi yil shousi 3,5 milliondan ziyod tomoshabin to‘plagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter