Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laziz Tangriyev Rossiyaning «Baltiyskaya sellyuloza» kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi

Laziz Tangriyev Rossiyaning «Baltiyskaya sellyuloza» kompaniyasi rahbarlari bilan uchrashdi

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Bugun, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev qog‘oz yetkazib berish bo‘yicha eng yirik rossiyalik hamkor tashkilot «Baltiyskaya sellyuloza» komipaniyasi Bosh direktori o‘rinbosari Yelena Lexnovich boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Agentlik rasmiy sayti xabar berdi.

Uchrashuvda 2019 yilda O‘zbekistonda katta miqdordagi maktab darsliklari, badiiy, bolalar va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashr qilinishi, albatta, buning uchun zarur bo‘ladigan qog‘oz mahsulotlarini xarid qilish hamda yetkazib berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Shu kunning o‘zida “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi vakillari O‘zMAA tizimidagi nashriyot-matbaa korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, mazkur tashkilot Rossiya va MDH respublikalariga sellyuloza va qog‘oz mahsulotini yetkazib beruvchi eng yirik bo‘lgan kompaniya bo‘lib, O‘zbekistonning davlat va nodavlat matbaa korxonalari bilan 15 yildan beri hamkorlik qiladi. Bu kompaniya respublikamizdagi matbaa korxonalariga bir yilda 23,0 ming tonnadan ziyod ofset va gazeta qog‘ozini yetkazib beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring