Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Laziz Qudratov barcha masalalardan ozod qilinib faqat investorlar bilan ishlaydi

Laziz Qudratov barcha masalalardan ozod qilinib faqat investorlar bilan ishlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig‘ilishida bir qator masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov bundan buyon boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor e’tiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.

Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari J.Xodjayev, J.Qo‘chqorov, J.Mirzamaxmudov o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kelib tushadigan murojaatlarni ijobiy hal etishni ta’minlaydi.

Yig‘ilish davomida ta’kidlanishicha, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo‘lgan barcha xizmatlar «yagona oyna» tamoyili asosida ko‘rsatadi.

Investorning biror bir muammosi yechilmasdan qolsa, tegishli rahbar ishdan ketadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring