Lavrov Zelenskiyning «tinchlik formulasi» asosidagi muzokaralarni rad etdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Ukraina bilan prezident Vladimir Zelenskiy taklif qilgan «tinchlik formulasi» asosida muzokaralar olib bormasligini aytdi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Ukraina G‘arb yordamida rus qo‘shinlarini olib chiqib ketishga erishmoqchi.
«Shubhasiz, Kiyev muloqotga tayyor emas. Zelenskiy har xil g‘oyalar va «tinchlik formulalarini» ilgari surar ekan, G‘arb yordami bilan qo‘shinlarimizni Rossiya hududidan Donbass, Qrim, Zaporoje va Xerson viloyatidan olib chiqib ketilishi, tovon to‘lanishi, Rossiya xalqaro tribunallarga iqrorlik bilan qatnashishi va h.k haqidagi illyuziyalarni qadrlaydi. Albatta, bunday sharoitda biz hech kim bilan gaplashmaymiz», – deydi Lavrov.
Lavrov Moskva bunday shartlar asosida muzokaralar olib borish niyatida emasligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng muzokaralarning bir necha raundlari bo‘lib o‘tgan. Bu murosa kelishuvlarini topish imkoniyatini ko‘rsatgan. Biroq, keyinroq Ukraina rahbari o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan.
Shuningdek, u ukrainalik siyosatchilarning aksariyati rusofob ekanligini, ular muzokara olib borishga qodir emasligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter