Rossiya «navbatdagi bosqich»da kuchni qayerga qaratadi?
Bugun, 19-aprel kuni «India Today» telekanaliga bergan intervyusida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainadagi urushning navbatdagi bosqichiga to‘xtaldi.
«Bu operatsiya davom etadi, maxsus operatsiyaning navbatdagi bosqichi hozir boshlanmoqda. Nazarimda, hozir maxsus operatsiya davridagi eng muhim palla», — dedi RF TIV rahbari.
Rossiya tashqi siyosiy idorasi rahbari «maxsus operatsiya» Donetsk va Luganskni «to‘liq ozod etish»ga qaratilganini aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida Donbass hududida shiddatli janglar boshlanayotganini ma’lum qilgandi.
Kuni kecha Lugansk viloyati rahbari aholidan hududni tezda tark etishni so‘ragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter