Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelmoqda

Sergey Lavrov O‘zbekistonga kelmoqda

Foto:«Uzreport news»

Joriy yilning 2-may kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida ma’lum qilindi.

Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

«Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda. Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar» deyiladi tashqi ishlar vazirligi xabarida.

3-may kuni esa Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring