Lavrov O‘zbekistonga keladi
14 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida MDH mamlakatlari TIVlarining o‘tgan yilgi maslahatlashuvlari yakunlari, shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘tgan yili ham Toshkentga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter