«Laura» dovuli AQShga yetib bordi: birinchi zarbani Luiziana qabul qilib oldi (video)
«Laura» dovuli AQShning Luiziana shtati sohillariga yetib borgani haqida mamlakat Dovullarni kuzatish milliy markazi xabar berdi. Tabiiy ofat videotasvirlari internetda tarqay boshladi.
1:40 am. Stronger. Meaner. #Hurricane #LAURA in Sulphur #Louisiana pic.twitter.com/1XKuljAbBz
— Josh Morgerman (@iCyclone) August 27, 2020
Dovul kuchli yomg‘ir va shamol (240 km/soat) hamrohligida kechib, joylarni suv bosmoqda. Ilgari tarqatilgan xabarlarda Texas va Luiziana shtatlarida aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani aytilgan.
Bungacha «Laura» Kuba va Gaiti bo‘ylab yopirilib, o‘nlab insonlar qurbon bo‘lgandi.
«Laura»ning keyingi nishoni — Texas shtati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter