Latviya va Litvaga ishga yuborilgan o‘zbeklar qiyin vaziyatga tushib qoldi
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining videomurojaati OAVda tarqalgani munosabati bilan mamlakatimizning Latviyadagi Elchixonasi mazkur vaziyat nazoratda ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda muammoning yechimi ustida ish olib borilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlandiya va Norvegiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Riga shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter