Latviya bugundan kuchaytirilgan lokdaunga kirdi
Latviya hukumati mamlakatda 21-oktyabrdan 15-noyabrga qadar kuchaytirilgan lokdaun joriy etilganini e’lon qildi.
Hamma do‘konlar, birinchi ehtiyoj mollari sotiladiganlaridan tashqari, yopiladi. Soat 20:00 dan 05:00 ga qadar uydan ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.
Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanadi. Faqat dafn va diniy marosimlarga ruxsat berilgan. Ularda ham 10 kishidan ko‘p odam qatnashishi mumkin emas.
Mavzuga doir: Koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetakchi mamlakat
Maktablar yopilmoqda. 1-noyabrdan bolalarni maktablarga qaytarish boshlanadi. Birinchi navbatda 1-3-sinflar o‘quvchilaridan cheklovlarni olib tashlash rejalashtirilgan.
Bolalar bog‘chalarida faqat ishdan ketishi mumkin bo‘lmagan ota-onalarning bolalari uchun navbatchi guruhlar ishlaydi.
O‘tgan sutkada Latviyada 1,8 ming kishi koronavirusga chalingani qayd etildi. Bir kunning o‘zida 23 nafar bemor vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter