Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviya: 1—3-sinf o‘quvchilariga baho qo‘yilmaydi

Latviya: 1—3-sinf o‘quvchilariga baho qo‘yilmaydi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Latviya maktablarida yangi qoida joriy etildi: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (1—3-sinflar)ga baho qo‘yilmaydi. Bu haqda «Argumenti.ru» yozmoqda.

Yangi qoidalar haqida «Maktab 2030» o‘quv yo‘riqnomasi loyihasi rahbari Pavel Pestov ma’lumot berdi.

Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining bilimi qanday aniqlanadi?

Pestovning ta’kidlashicha, o‘qituvchi o‘quvchi erishgan muayyan natijalarni baholaydi:

«Har bir fan uchun uddalash mumkin bo‘lgan natijalar belgilab qo‘yilgan, o‘qituvchi har bir o‘quvchi rejaning qaysi qismini o‘zlashtirganini baholaydi. Bu ma’lumot o‘z farzandi erishayotgan natijalardan boxabar bo‘lishi uchun ota-onalarga ham taqdim etib boriladi».

4-sinfdan to 12-sinfgacha o‘quvchilar odatdagidek (eng yuqori baho — 10) baholanaveradi.

Yangilikning ahamiyatini barcha ota-onalar ham tushunib yetishayotgani yo‘q: «Baho qo‘yishmasa, bolamizni o‘qishga qanday qiziqtiramiz?».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring