KXDRda YTH oqibatida xitoylik sayohatchilar halok bo‘ldi

KXDRda avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida o‘ttizdan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda Xitoyning «CGTN» telekanaliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
«KXDRda turistik avtobus ko‘prikdan qulashi oqibatida o‘ttizdan ortiq kishi halok bo‘ldi», — deyiladi telekanalning «Twitter»dagi sahifasida. Telekanal YTHning boshqa tafsilotlarini e’lon qilmagan.
O‘z navbatida, Xitoy TIVda qurbonlarning aksariyati xitoylik sayohatchilar bo‘lgani aytilgan. Voqea joyiga Xitoy elchixonasi va KXDR TIV vakillari yetib kelgan. Ta’kidlanishicha, ayni damda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter