Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDR va Janubiy Koreya rahbarlari birgalikda tinchlik daraxtini ekishadi

KXDR va Janubiy Koreya rahbarlari birgalikda tinchlik daraxtini ekishadi

KXDR rahbari Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In Koreya yarimorolini ajratib turuvchi demarkatsion chiziq hududida birgalikda daraxt ekishadi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ushbu ramziy marosim haqida prezident ma’muriyati rahbari Lim Chon Sok yuqori darajali uchrashuv chog‘idagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, sammitdan so‘ng mamlakatlar rahbarlari 1953-yili – uch yillik Koreya urushi yakunlangan yil o‘sishni boshlagan qarag‘ay daraxtini ekishadi. Daraxt oldiga esa «Tinchlik va taraqqiyot daraxti» yozuvi tushirilgan tosh o‘rnatiladi. Daraxt uchun tuproq Janubiy Koreyaning Chejudo orolidagi Xallasan tog‘i va KXDRning Xitoy bilan chegarasida joylashgan Pektusan vulqonidan olib kelingan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Kim Chen In daraxtga Seul orqali oquvchi Xangan daryosidan, Mun Che In esa Shimoliy Koreya hududidan o‘tuvchi Tedongan daryosidan suv quyadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring