Kutuzov... Rossiya Ukrainada yo‘qotgan generallar soni 4 nafarga yetdi
![Kutuzov... Rossiya Ukrainada yo‘qotgan generallar soni 4 nafarga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/6/8/720_460_95_684923782.jpg)
Donbassda Rossiya general-mayori Roman Kutuzov halok bo‘ldi. «Vesti» yozishicha, u 24-fevraldan beri Rossiya Ukraina hududida yo‘qotgan to‘rtinchi general bo‘ldi.
Harbiy jurnalist Aleksandr Sladkov o‘z telegram-kanalida ma’lumot berishicha, general Kutuzov havo desantchisi bo‘lgan, askarlarini jangga boshlab halok bo‘lgan.
Ukraina osmonida Rossiya harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general-mayori Kanamat Botashev boshqaruvidagi samolyot urib tushirilgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter